Sport

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

O‘zA, Bayram Aytmurodov, 30.07.2010 15:09

Poytaxtimizda taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha 11-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi boshlandi.

O‘zbekiston taekvondo milliy assotsiatsiyasi tomonidan yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ular orasida sportni yanada ommalashtirish, terma jamoa zaxirasini to‘ldirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 200 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

2008 yil Toshkent shahrida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2009 yil Sankt-Peterburgdagi jahon chempionatida ikkita kumush va bitta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Taekvondochilarimiz joriy yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza, Italiyada yakkakurash sport turlarining W.A.S.C.O yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida uchta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

“Mirobod” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan mamlakat chempionatida yosh sportchilar massoge – yakkama-yakka bellashuv, til – kompleks mashqlar bo‘yicha mahoratlarini namoyish etmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida 11-14 yoshli sportchilar o‘rtasida poytaxtlik D.Ibrohimov, A.Yangiboyev, J.Rustambekov, M.Sultonxo‘jayev, N.Usmonov, Toshkent viloyatidan D.Irisboyev, farg‘onalik A.Ismoilov, J.Shokirov, buxorolik S.Halimov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama