![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Yosh bokschilarimiz muvaffaqiyatiO‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 28.07.2010 17:44 Turkiyaning Istanbul shahrida o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda o‘n bir mamlakat vakillari qatorida yurtimiz sportchilari ham kuch sinashdi. O‘zbekiston boks federatsiyasidan O‘zA muxbiriga xabar berishlaricha, mamlakatimiz bokschilari turnirda bittadan oltin, kumush va bronza medalni qo‘lga kiritgan. Ayniqsa, 63 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Akmal Qosimov suriyalik Husayn Alnaxxasni yaqqol ustunlik bilan birinchi raundda mag‘lub etdi. Keyingi bahslarda hindistonlik Gurlin Singhdan ustun kelgan sportchimiz finalda rossiyalik Zaur Abdullayevni ham dog‘da qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 52 kilogramm vazn toifasida Aliyor Noraliyev suriyalik Bashr Rouk va turkiyalik Abdulkarim Kadio‘g‘lidan ustun keldi va kumush medal bilan kifoyalandi. Og‘irligi 80 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida ishtirok etgan Oybek Sharipov esa bronza medal bilan taqdirlandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |