![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Hamyurtlarimiz keyingi bosqichdaO‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 27.07.2010 16:27 Qozog‘istonda tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiritilgan turnirda dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan raketka ustalari qatorida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Iste’dodli tennischimiz Albina Xabibulina dastlabki bosqichda mezbonlar vakilasi Darya Berejnayaga qarshi kortga chiqib, 6:4, 4:6, 6:1 hisobida zafar quchdi. Yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova birinchi uchrashuvini rossiyalik Yelena Kulichkovaga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Har ikki tennischimiz juftlik bellashuvlarini ham muvaffaqiyatli boshladi. Albina Xabibulina qirg‘izistonlik Kseniya Palkina bilan hamkorlikda qozog‘istonlik oilaviy duet Darya va Natalya Berejnayani 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbon tennischi Zarina Diyas bilan birga o‘ynayotgan Nigina Abduraimova esa Rossiya vakilasi Valeriya Maksimchenko va qozog‘istonlik Valentina Starkova juftligini 6:0, 7:5 hisobida dog‘da qoldirdi. So‘nggi yangiliklar: Konsalting xizmatlari rivojlanmoqda |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |