![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Poytaxtliklar – g‘olibO‘zA, L.Suvonov, 27.07.2010 14:19 Toshkent viloyatida harbiy-texnik sport turi – aviamodel bo‘yicha mamlakat chempionati yakunlandi. O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan turli musobaqalar, o‘quv mashg‘ulotlari yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ular o‘rtasida harbiy-texnik sport turlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tashkilot hamda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamkorligida tashkil etilgan chempionatda 60 nafardan ziyod yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqada Toshkent shahri vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Samarqandliklar ikkinchi, Farg‘ona viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |