Sport

“Sho‘rtan” ilk bor finalda

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 28.07.2010 17:56

O‘zbekiston kubogi musobaqasida kuchli o‘yin namoyish etayotgan G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi futbolchilari bosh sovrin uchun o‘tkaziladigan final uchrashuvida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi.

G‘uzorlik charm to‘p ustalari chorak finalda mamlakat kubogining amaldagi sohibi – “Paxtakor”ni mag‘lub etgach, final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan ikki uchrashuvda poytaxtning yana bir vakili – “Lokomotiv” bilan raqobatlashdi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazgan “Lokomotiv” 2:0 hisobida zafar quchgan edi. Lekin “Sho‘rtan” futbolchilari ham G‘uzorda o‘tkazilgan javob o‘yinida toshkentliklar darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritib, vaziyatni tenglashtirdi. Gollar Igor Taran va Davlatmurod Atoyev hisobiga yozildi.

Musobaqa qoidasiga binoan g‘olib qo‘shimcha vaqtda aniqlanadigan bo‘ldi. Unda omad “Sho‘rtan” futbolchilari tomonida bo‘ldi va Shahboz Erkinov hamda Aleksandr Merzlyakov mehmonlar darvozasiga yana ikkita to‘p kiritdi. Ikki o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra, 4:2 hisobida zafar quchgan “Sho‘rtan” ilk marotaba O‘zbekiston kubogi finalida to‘p suradigan bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama