Sport

Kurashchimiz – bronza medal sovrindori

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 26.07.2010 16:13

Vengriyaning Budapesht shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Subhonjon Toshpo‘latov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Erkin kurash bo‘yicha 84 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi S.Toshpo‘latov ruminiyalik Andrey Viktor Frant hamda eronlik Ma’sud Rustam Fayzullohiyni yengib, uchinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama