Sport

Yosh tennischilarimiz g‘alabasi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 26.07.2010 16:13

Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi «NBU Cup – 2010» turniri yosh tennischilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘smirlar musobaqasida Abduvoris Saidmuhammedov ketma-ket o‘tkazilgan bahslarda o‘z hamyurtlari – Odil Akmarov, Sanjar Fayziyev, Po‘lat Bobojonov va birinchi raqamda saralangan Sergey Shipilovni yengib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bellashuvda yana bir kuchli tennischimiz Jahongir Jalolovni 6:7, 6:4, 6:1 hisobida yengdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Juftliklar o‘rtasidagi final ham o‘zbekistonlik tennischilar ishtirokida o‘tdi. Ikkinchi raqamda saralangan Po‘lat Bobojonov va Jahongir Jalolov dueti bosh sovrin uchun o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Aziz Yo‘ldoshev va rossiyalik Nikita Kushnaryovni 6:3, 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida hamyurtlarimiz – Natella Nabiyeva va Alisa Ogorodovaning o‘yini muxlisu mutaxassislarga manzur bo‘ldi. Mazkur duet turnir davomida hujumkor o‘yin ko‘rsatib, o‘zbekistonlik Arina Fols va rossiyalik Anna Tumanyanni 7:5, 6:3, rossiyalik Yana Yerkeyeva va Viktoriya Voronsovani 6:4, 6:4, gruziyalik Babilina Machaidze va Nino Sujashvilini 6:1, 6:2 hisobida yengdi va finalga chiqdi.

Turnirning so‘nggi uchrashuvida Natella Nabiyeva va Alisa Ogorodova kuchli tennischilardan tarkib topgan ikkinchi raqamdagi juftlik – moldovalik Anna Batiri hamda rossiyalik Yelizaveta Kulichkovadan 7:6, 6:2 hisobida ustun keldi.

Yakkaliklar bahsida esa AQSH vakilasi Yelizaveta Anna Nemchinov rossiyalik Kristina Chasovskixni 6:2. 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibasi bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama