Sport

Tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 23.07.2010 18:02

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi “NBU Cup – 2010” xalqaro turnirida bosh sovrin uchun kurash qizg‘in pallaga kirdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvlari o‘zbekistonlik tennischilar ishtirokida o‘tadigan bo‘ldi. Musobaqada birinchi raqamda saralangan hamyurtimiz Sergey Shipilov chorak finalda qirg‘izistonlik Doniyor Do‘ltayevni 7:5, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Sergeyning keyingi bosqichdagi raqibi hamyurtlarimiz – Abduvoris Saidmuhammedov va Po‘lat Bobojonov o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlandi. Unga ko‘ra, raqibini 7:6, 6:0 hisobida mag‘lub etgan Abduvoris bellashuvlarni davom ettiradigan бўлди.

Ўзбекистонлик теннисчилардан O‘zbekistonlik Jalolov rossiyalik Denis Markovni 7:5, 7:5, Shuhrat Gizatullin qozog‘istonlik Anton Saranchukovni 6:4, 7:6 hisobida yengdi. Endi har ikki tennischimiz yarim finalda o‘zaro raqobatlashadi.

Juftliklar bahsida Po‘lat Bobojonov va Jahongir Jalolov yarim finalda qozog‘istonlik Dmitriy Borodkin va belaruslik Aleksey Kovalenkoni 6:4, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Endi ular finalda o‘zbekistonlik Aziz Yo‘ldoshev va rossiyalik Nikita Kushnaryov bilan bellashadi.

Qizlar musobaqasida iste’dodli yosh tennischimiz Alina Abdurahimova rossiyalik Yana Yurchenkoni 6:4, 6:4, Yekaterina Klyuyevani 6:3, 3:6, 6:2, o‘zbekistonlik Karolina Chernayani 5:7, 7:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalda ikkinchi raqamda saralangan AQSH vakilasi Yelizavetta Anna Nemchinovga qarshi kortga chiqadi.

Juftliklar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvida hamyurtlarimizdan Natella Nabiyeva va Alisa Ogorodova gruziyalik Babilina Machaidze va Nino Sujashvilini 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi o‘zbekistonlik tennischilar dueti hal qiluvchi bahsda rossiyalik Yelizavetta Kulichkova va moldovalik Anna Batiri juftligi bilan bellashadi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama