![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Sport xabarlariO‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 23.07.2010 17:06 YENGIL ATLETIKA. Kanadada o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Valeriya Kanatova uch hatlab sakrash bahslarida finalga yo‘llanma oldi. Umidli sportchimiz saralash bahslarida 13 metr 36 santimetr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Valeriya o‘tgan yili Italiyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uch hatlab sakrash bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. FUTBOL. O‘zbekiston XIX milliy chempionatining ikkinchi davrasiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini mahalliy «Kepez» jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. «Nasaf»ning gollariga Kamoliddin Murzoyev va Ilhom Shomurodov mualliflik qildi. TENNIS. Germaniyaning Gamburg shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “German Open – 2010” xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ketma-ket uchinchi g‘alabasini nishonladi. Dastlabki ikki uchrashuvda chexiyalik Lukash Rosol va ispaniyalik Nikolas Almagroni mag‘lub etgan tennischimiz navbatdagi bahsda germaniyalik Yulian Reysterdan 3:6, 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi. Endi Denis qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan raqobatlashadi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |