![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Milliy sport turlarining rivojiO‘zA, O.Rajabov, 12.03.2010 17:25 Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida “Barkamol avlod tarbiyasida milliy sport o‘yinlarining o‘rni va ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi, Sharq yakkakurashlari va jang san’ati respublika markazi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi A.Tursunov, Sharq yakkakurashlari va jang san’ati respublika markazi bosh kotibi o‘rinbosari K.Davlatmendov, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi rahbari P.Usmonov mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganini alohida ta’kidladi. Milliy sport turlarini rivojlantirish va ularni yoshlar orasida ommalashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek kurashining qisqa fursatdagi rivoji, o‘zbek jang san’atini chet ellarda namoyish etish borasida tashlanayotgan dadil qadamlar bunga misoldir. 2010 yilning Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturining hayotga tatbiq etilayotgani bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirmoqda. Jonli muloqot tarzida tashkil etilgan anjuman davomida “O‘zbek milliy sport o‘yinlari: kecha va bugun”, “Milliy sport o‘yinlarining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni”, “Milliy sport turlari – milliy qadriyat” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |