![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Sport xabarlariO‘zA, Bayram Aytmurodov, 10.03.2010 20:18 GANDBOL. Poytaxtimizda erkaklar o‘rtasida mamlakat chempionatining uchinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti jamoasi 29 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadamdan yetti ochko farq bilan O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 19 ochko to‘plagan Olmaliqning “OTMK” jamoasi uchinchi pog‘onada. Chempionatning hal qiluvchi to‘rtinchi tur o‘yinlari aprel oyida o‘tkaziladi. TENNIS. Turkiyaning Antaliya shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Albina Habibulina asosiy tur bellashuvlariga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichi dastlabki uchrashuvida ruminiyalik Irina Konstantinidega qarshi kortga chiqdi. Raqibasini 6:0, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan tennischimiz serbiyalik Milicha Stepanovichga qarshi bahsda ham 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi. Navbatdagi uchrashuvni bolgariyalik Dessislava Mladenovaga qarshi o‘tkazadi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |