![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Sport xabarlariO‘zA, Bayram Aytmurodov, 09.03.2010 18:16 Qo‘l jangi. Moskva shahrida mezbon sportchilar bilan birga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Nepaldan kelgan sportchilar ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi. Vazni to‘qson kilogrammdan ortiq sportchilar o‘rtasida Murod Xonto‘rayev va oltmish kilogramm vazn toifasida Jahongir Abduvohidov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oltmish besh kilogramm vazn toifasida Rustam Ma’diyev va sakson kilogrammda Bobur Rahmatov bronza medal bilan kifoyalandi. * * * Gandbol. Poytaxtimizda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining uchinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Ko‘pkarra mamlakat chempioni poytaxtning “Algoritm” jamoasi 26 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Olmaliqning “OTMK” jamoasi 24 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etgan. Uchinchi o‘rinda 16 ochko jamg‘argan Andijon olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi bormoqda. Chempionatning hal qiluvchi to‘rtinchi tur o‘yinlari aprel oyida o‘tkaziladi. * * * Futbol. Rossiyaning Sochi shahrida o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi. Musobaqaning “S” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi Krasnodar, Ukraina va AQSH jamoalariga qarshi to‘p surmoqda. * * * Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Irtish” (Qozog‘iston)ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. M.Umrzoqov hisobni ochgan bo‘lsa, jamoaning yangi a’zosi D.Jabborov raqiblar darvozasiga ikki marta to‘p kiritdi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |