Sport

Sabina - bosh sovrin sohibasi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 09.03.2010 17:59

16 yoshli tennischimiz Sabina Sharipova Bangladeshda o‘tkazilgan ketma-ket ikkinchi turnirda g‘alaba qozondi.

Sabina dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan iqtidorli tennischilar ishtirok etgan musobaqaning yakkaliklar bellashuvida hindistonlik Santisha Nandakumarni 6:0, 6:1, uchinchi raqamda saralangan Ankita Rainani 6:0, 6:2, indoneziyalik Sintiya Melitani 7:5, 6:2, xitoylik Men Nin Denni 6:3, 6:0, hindistonlik Ratnika Batrani esa 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.

Final uchrashuvida xitoylik Ksuanshu Ou bilan kuch sinashib, 6:1, 6:2 hisobida zafar quchgan Sabina Sharipova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama