![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Barchinoylar bellashuviO‘zA, X.Mamatrayimov, 05.03.2010 15:40 Surxondaryo viloyati Denov tumanida milliy kurash bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir ayollarni sportga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Viloyatda hozir uch mingga yaqin xotin-qiz milliy kurash bilan shug‘ullanmoqda. Ular orasida respublika va xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘layotgan mahoratli sportchilar bor. Sport bayramiga aylanib ketgan musobaqada ana shunday mohir sportchilarning gilamga chiqqani bahslarning qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta’minladi. Umumjamoa hisobida Denov tumani vakillari birinchi o‘rinni egalladi. Termiz va Angor tumani sportchilariga keyingi o‘rinlar nasib etdi. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Termiz shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sportning nafis turi bilan shug‘ullanayotgan yetmish nafar qiz ishtirok etdi. Bellashuvda sherobodlik Anna Malyar, Termiz tumanidan Nishona Ochildiyeva, boysunlik Muxlisa Norqulova, denovlik Vera Soy, sariosiyolik Durdona Iskandarova turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib, deb topildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |