![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Mahorat ko‘rigiO‘zA, Yorqul Umar, 05.03.2010 15:34 Yosh avlodni sportga keng jalb etish, xususan, qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Kamolot malikasi” musobaqasining Navoiy viloyati bosqichi yakunlandi. Unda qirq nafar qizlar stol tennisi bo‘yicha kuch va mahoratini namoyish etdi. Murosasiz kechgan musobaqada 1992-1995 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Xatirchi tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi Karima Komilova hamda Navbahor tumanidagi 14-maktab o‘quvchisi Karina Barnoyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xatirchi tumanidagi agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Zarina Aleksandrova, Konimex tumanidagi 2-maktab o‘quvchisi Zulxumor Bekmurodova, Navbahor tumanidagi pedagogika kolleji o‘quvchisi Charos Bozorova va mazkur tumandagi 14-maktab o‘quvchisi Gulshoda Bobojonova keyingi o‘rinlarni egalladi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |