Sport

Sport xabarlari

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 03.03.2010 18:29

Shaxmat. Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE jahonning eng kuchli shaxmatchilari yangi reytingini e’lon qildi. Har uch oyda yangilab boriladigan reytingda iqtidorli sportchimiz Nafisa Mo‘minova yigirma yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi qizlar reytingida o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.

* * *

Futbol. Joriy mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonning «Jambul» futbolchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi ham «Irtish»ga (Qozog‘iston) qarshi o‘tkazilgan o‘yinni 3:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi

* * *

Basketbol. Poytaxtimizda erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining final uchrashuvi o‘tkazildi. Hal qiluvchi bahsda mamlakatimizning ikki yetakchi klubi – «MHSK» (Toshkent) va «Yujanin» (Navoiy) basketbolchilari o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda 64:62 hisobida zafar quchgan poytaxtliklar bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama