Sport

O‘zbek qizlari Osiyo chempioni

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, Bayram Aytmurodov, 17.02.2010 19:14

Poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy bellashuvlar bo‘yicha dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa qoidasiga binoan jamoaviy bellashuvlar g‘olib va sorindorlari har bir jamoadan yakkaliklar o‘rtasida ko‘pkurash bahslarida qatnashgan uch nafardan sportchining arg‘amchi, halqa, to‘p va bulavada bajargan kompozitsiyalarda to‘plagan ballari bo‘yicha aniqlanadi.

Unga ko‘ra, ikki kun davom etgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari – Aziza Mamajonova, Sarvina Xoliqova hamda Husniyabonu G‘ulomova gimnastikaning to‘rtta predmetida bajarilgan mashqlar bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi.

Hamyurtlarimizga Osiyo chempionatining oltin medalini Osiyo gimnastika uyushmasi prezidenti Rahmon Al-Shaxriy topshirdi.

Sportchilarimiz sharafiga davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.

– Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlaganimizdan baxtiyormiz, – dedi A.Mamajonova. – Yakkaliklar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham yuqori o‘rinlar va Singapur Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurashni davom ettiramiz.

Osiyo chempionatining kumush medali Yuliya Kizima, Yuliya Semyonova hamda Kamila Takeyevadan iborat Qozog‘iston terma jamoasiga topshirildi. Xitoy terma jamoasi vakilalari – Jang Yuvey, Van Mangin va Yun Li bronza medalni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama