Sport

Ravshan Ermatov jahon chempionatiga boradi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 08.02.2010 18:07

2010 yilning 11 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasida boshlanadigan futbol olamining eng nufuzli musobaqasi – jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarishga nomzod bo‘lgan dunyo bo‘yicha ellik to‘rtta hakamlar brigadasi uch yil davomida saralandi. Nihoyat, ispaniyalik Anxel Mariya Vilyar Lyon rahbarligidagi FIFA Hakamlar qo‘mitasi yigirma sakkizta davlatdan o‘ttizta hakamlar brigadasi joy olgan yakuniy ro‘yxatni tasdiqladi. Unda o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va unga ko‘maklashadigan yon hakamlar – yana bir hamyurtimiz Rafael Ilyosov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov ham bor.

Janubiy Afrika Respublikasidagi jahon chempionatida Yevropadan o‘nta, Janubiy Amerikadan oltita, Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerikadan to‘rttadan va Okeaniya mintaqasidan ikkita hakamlar brigadasi ish yuritadi. R.Ermatov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Boltiqbo‘yi mamlakatlari vakillari orasida ushbu jahon chempionatiga jalb etilgan yagona bosh hakam hisoblanadi.

R.Ermatovning jahon chempionati hakamlari ro‘yxatiga kiritilishi o‘zbek futbolining yana bir yutug‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 mayda qabul qilingan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida malakali hakamlar tayyorlash, ularning tajribasi va malakasini oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berilgan va bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. R.Ermatov kabi xalqaro miqyosda yuqori saviyada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik referilar safi tobora kengayib borayotgani buning dalilidir.

Hakamlik faoliyatini o‘n ikki yil muqaddam boshlagan R.Ermatov 2003 yildan buyon FIFA tasnifidagi uchrashuvlarni boshqarib keladi. U futbol bo‘yicha deyarli barcha nufuzli musobaqalarda hakamlik qilgan. Jumladan, 2007 va 2009 yillari o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiliklari, 2008 yili klublar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining finali, 2010 yilgi jahon chempionati va 2011 yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining saralash bosqichi, Osiyo chempionlar ligasi bahslarini yuqori saviyada boshqargan.

R.Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan 2008-2009 yillarda qit’amizning eng yaxshi hakami, deb topildi. Bundan tashqari, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o‘tkazayotgan so‘rovlarda dunyoning eng kuchli hakamlari qatoridan muntazam joy olib kelmoqda.

So‘nggi yangiliklar:

Ob-havo ma’lumoti

Konsalting xizmatlari rivojlanmoqda

Buyuk ajdodlarni yod etib...

Qizlar tarbiyasi – dolzarb vazifa

Mangu ilhom manbai

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama