Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2017 18:26 Chop etish versiyasi

Zulfiya ijodiga bag‘ishlandi

Zulfiyaning «Hayot varaqlari», «She’rlar», «Qizlar qo‘shig‘i», «Uni Farhod der edilar», «Hijron kunlarida», «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga», «Shalola» kabi she’riy to‘plamlarida Vatan ishqi, xalq hayoti va turmush tarzi, ularning fidokorona mehnati yuksak mahorat va mehr-muhabbat bilan madh etilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Zulfiya tavalludi kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida shular haqida so‘z yuritildi.

Yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, talaba-yoshlar va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda Zulfiya ijodi yosh avlod tarbiyasida ma’naviyat sarchashmasi bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. U hurlikni, millat ruhini baralla kuylagan, o‘zbek ayoli qalbini, uning orzu-intilishlari, iztiroblarini she’rga solgan jasoratli ijodkor edi.

Davra suhbati doirasida o‘tkazilgan mushoirada Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, shoiru muxlislar shoiraning she’rlaridan namunalar o‘qidi.

– Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1999-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgani iqtidorli qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi mazkur mukofot sovrindori, universitetning xorijiy filologiya fakulteti talabasi Chaman Jonuzoqova. – Ushbu mukofotga sazovor bo‘layotgan qizlar safi yildan-yilga kengayib borayotgani quvonarlidir.

Tadbirda Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
2 165






Все о погоде - Pogoda.uz