Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 15:14 Chop etish versiyasi

“Zomin-farm” xorijiy investorlarni chorlamoqda

Prezidentimizning 2017-yil 3- maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Zominda 2018-2020- yillarda umumiy qiymati 95 million dollar bo‘lgan 6 investitsion loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur loyihalarning hayotga tatbiq etilishi 400 dan ziyod kishining bandligini ta’minlash imkonini beradi.

Hozir ushbu loyihalar doirasida Rossiya, Latviya, Xitoy, Hindiston va Pokiston davlatlarining potensial investorlari bilan uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan, umumiy qiymati 80 million dollar xorijiy investitsiya bo‘lgan uchta – “Sefazolin natriy, seftriakson natriy, ampitsillina trigidrat va sterillangan dorivor mahsulotlar chiqarish” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Xitoy davlatining “Long Sheng” kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
8 169