Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 13:10 Chop etish versiyasi

Zamonaviy uylar – orzudagi uylar

Zamonaviy uylar – orzudagi uylar Andijon shahrining Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilgan beshta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

10.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayrami arafasida Andijon shahridagi “Radius servis”, “Xokanavtoinvest”, “Milanostroy” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan qurib bitkazilgan zamonaviy uylar aholi uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.

2.JPG

– Ikki farzandimiz bor, yangi uy sotib olishga imkon topolmay bir necha yil ijarada yashadik, – deydi yangi uy sohibasi, Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Zeboxon Karimova. – Bugun o‘z uyimiz bor. Imtiyozli kredit asosidagi namunaviy uylardan oldik. Shuncha yil ijarama-ijara yurgan odam birdaniga zamonaviy uyli bo‘lib qolishi xuddi ertaklardagidek tuyular ekan. Axir, nimasi kam, baxtiyor hayot kechirish uchun barcha sharoit muhayyo. Bunday e’tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

5.JPG

Har bir xonadon zamonaviy isitish tizimi, sovuq va issiq suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlandi. Uylar yonida avtotransport vositalari uchun turar joy va bolalar maydonchasi ham barpo etilgan.

7.JPG

Andijon viloyatida 2018-yilda umumiy loyiha qiymati 75 milliard so‘m bo‘lgan 588 xonadondan iborat o‘n to‘rtta yetti qavatli uy qurilishi belgilangan.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
15 010