Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.12.2017 17:50 Chop etish versiyasi

Zamonaviy reanimobillar topshirildi (surat)

Zamonaviy reanimobillar topshirildi (surat) Farg‘ona viloyati tuman va shaharlaridagi tez tibbiy yordam muassasalariga «HYUNDAI» rusumli 12 ta zamonaviy reanimobil topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘ini, xususan, shoshilinch tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar aholi salomatligini asrashda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

7.JPG

10.JPG

5.JPG

– Maxsus jihozlangan reanimobillar shoshilinch tibbiy yordam xizmati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov. – Hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani ayniqsa, olis qishloqlar aholisiga o‘z vaqtida, sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
2 523