O‘zA O`zbek

20.08.2018 15:01 Chop etish versiyasi

Yurtimizning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilishni istaysizmi?

Yurtimizning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilishni istaysizmi?
Bunday ajoyib xizmat “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan joriy etildi. Yurtimizning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilish xizmatisayyohlik agentliklari, turoperatorlar va barcha xohlovchilarga taklif etiladi.

Ayni paytda kompaniya tomonidan turizmni rivojlantirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

photo_2018-07-02_23-54-37.jpg
Dushanbe shahriga hamda Samarqanddan Istambulga yangi yo‘nalishlar ochildi, Lahorga parvozlar tiklandi. MAK avialaynerlarida Issiqko‘l, Maldiv orollari, Sharm-el-Sheyx hamda Bodrumga charter qatnovlari, yevropalik sayyohlarni jalb etish maqsadida Milan va Parijdan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar bajarilmoqda.

Malayziya, Singapur, Indoneziya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan keluvchi sayyohlar uchun ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha xorijlik turoperatorlar bilan birgalikda qisqa muddatli turlar ishlab chiqilmoqda.

Respublikadagi muqaddas joylarga qisqa muddatli sayohatlar bilan bir qatorda tranzit sayohatchilar uchun yurtimizda qisqa muddatli to‘xtash bilan“O‘zbekiston +” tur paketlari ishlab chiqilmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi faoliyati to‘liq qamrab olingan material uza.uz da tanishasiz. Saytimizni kuzatib boring!

O‘zA
1 816