Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 20:41 Chop etish versiyasi

Yurt tinchligi mahalladan boshlanadi

Milliy matbuot markazida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi tomonidan “Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish – davr talabi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bilan birga fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda Prezidentimiz raisligida shu yilning 15-noyabr kuni o‘tkazilgan mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan masalalar hususida so‘z yuritildi.

– Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida bildirgan fikr-mulohazalari, topshiriqlaridan kelib chiqib tizimli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev. – Har bir mahallada “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari va a’zolaridan iborat tunu kun navbatchilikni tashkil etish maqsadida “Jamoatchilik nazorat maskanlari” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari misolida o‘rganilib, mazkur tajriba barcha mahallalarda ommalashtirilmoqda.

Tadbirda har bir mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ekani, bu borada har bir fuqaro ongida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tuyg‘uni shakllantirish muhim masala ekani ta’kidlandi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
796






Все о погоде - Pogoda.uz