Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 18:16 Chop etish versiyasi

Yuksak tafakkurli yoshlar

Andijonda “Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilayotgani ularning xalqaro miqyosda ulkan yutuq va marralarni zabt etishida muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Tanlovda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari jamoalari tezkor savol-javob, muammo va yechim, yoshlarga oid qonunchilik borasidagi shartlar bo‘yicha sud-huquq, ijtimoiy, siyosiy, innovatsion texnologiyalarga oid bilimini sinovdan o‘tkazdi. Jamoalar o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoit, ilm va ijod, malaka bo‘yicha izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, mutaxassisliklari bo‘yicha olgan bilimini ko‘rgazmali vositalar orqali namoyish etdi.

Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi g‘olib bo‘ldi va tanlovning mintaqaviy bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Andijon mashinasozlik institutining “O‘zbegim”, Andijon davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoalari egalladi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 507






Все о погоде - Pogoda.uz