Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 18:47 Chop etish versiyasi

Yoshlarning ekologik bilimlari oshmoqda

Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni asrash, ekologik nazoratni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Poytaxtimizdagi Yashnobod mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 7-aprel – Jahon salomatlik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida bu alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘limi, Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Ekoharakat faollari, Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Salomatlik va tibbiy statistika instituti direktori o‘rinbosari A.Nizomov va boshqalar mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, ekologik nazoratni kuchaytirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlari oldini olish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholi salomatligi, ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi kabi qonunlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni ta’minlashdek muhim ijtimoiy masalalar ro‘yobida salmoqli o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilayotgani fikrimiz tasdig‘idir. Yoshlarning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish maqsadida istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan “Yurtimizni obod qilaylik!” shiori ostida amaliy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Onajonim tabiat”, oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya”, “Tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ekologiya” mavzularida tanlovlar tashkil etilmoqda.

Davra suhbatida mutaxassislar ekologiyaning ifloslanishi oqibatida yuzaga keladigan muammolar, ta’lim muassasalari hududida ekobog‘lar yaratish, yoshlarga manzarali daraxt, gul ko‘chatlari ekish va parvarish qilishni o‘rgatish, ularning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
3 288






Все о погоде - Pogoda.uz