O‘zA O`zbek

06.03.2018 14:22 Chop etish versiyasi

Yoshlarni go‘zallik sari yetaklayotgan pedagog

Yoshlarni go‘zallik sari yetaklayotgan pedagog Nukuslik Dilfuza Kazakova yosh avlodni yuksak salohiyatli etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan jonkuyar pedagoglardan.

U bir necha yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar markazining tasviriy san’at bo‘limida to‘garak rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Sohadagi bilimi va boy tajribasidan unumli foydalanib, yosh iste’dodlarga rangtasvir sohasi janrlari va buyuk rassomlarning ijodiy merosini puxta o‘rgatib kelmoqda. Shogirdlari orasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovlar g‘oliblari ko‘p. Xususan, 2017-yilda Ernazar Saparniyozov va Nurlan Kalboyev Yaponiyada o‘tkazilgan “Dunyo bolalar nigohida” nomli xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

–Ijodga mehr qo‘ygan insonning qalbi toza va go‘zal bo‘ladi, - deydi Dilfuza Kazakova. – Insonlarni go‘zallikka oshno etishdek sharafli sohada mehnat qilayotganimdan faxrlanaman.

3.jpg

4.jpg

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA
9 489