O‘zA O`zbek

05.03.2018 12:05 Chop etish versiyasi

Yoshlarga sardorlik nishonlari topshirildi

Yoshlarga sardorlik nishonlari topshirildi Buxoro viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va «Kamalak» sardorlariga ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar kengashi vakillari, o‘quvchi-yoshlar, ona-onalar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlodning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda shahardagi umumta’lim maktablarining 738 nafar o‘quvchisiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorligi ko‘krak nishoni topshirildi.

5.jpg

6 (1).jpg

Tohir Istatov (surat) O‘zA
11 336