Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 20:20 Chop etish versiyasi

“Yoshlar poyezdi” Qoraqalpog‘istonga keldi

“Yoshlar poyezdi” Qoraqalpog‘istonga keldi Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” Nukus shahriga keldi.

Mehmonlarni Nukus temir yo‘l vokzalida keng jamoatchilik vakillari kutib oldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va qishloqlarida, olis ovullarida uch kun davom etadigan targ‘ibot tadbirlarida yosh olimlar, shoir-yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, taniqli sportchilar, tadbirkorlar, estrada xonandalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari yoshlar bilan uchrashib, muloqotda bo‘ladi.

Tadbirlar Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da matbuot anjumani bilan boshlandi. Unda “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasini o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash, yoshlarda jamiyatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni turli yot g‘oya va illatlardan asrash, yigit-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishdan iborat ekani ta’kidlandi.

“Yoshlar poyezdi” Qoraqalpog‘istonga keldi

– Targ‘ibot tadbirlarini ta’lim muassasalari, mahallalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, harbiy qismlarda tashkil etish rejalashtirilgan, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi O.Doniyorov. – Aksiya doirasida Xo‘jayli tumanidagi 1-bolalar Muruvvat uyida ham xayriya tadbiri o‘tkaziladi.

“Yoshlar poyezdi” tarkibida kelgan yosh olim, gid-ekskursovod, fotosuratchi, bloger va jurnalistlardan iborat ilmiy ekspeditsiyaning 25 a’zosi Mo‘ynoq tumaniga jo‘nab ketdi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ilmiy ekspeditsiya a’zolari uch kun davomida Orolbo‘yi hududida istiqomat qilib, haqiqiy holat bilan tanishadi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 114






Все о погоде - Pogoda.uz