Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 16:07 Chop etish versiyasi

Yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida mehnat qilayotgan yoshlarning uchrashuvi tashkil etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.Shermatov va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari K.Beknazarov va boshqalar mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish, soha yoshlari yangi innovatsion g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishi zarurligini ta’kidladi.

Jahon miqyosida kuchli raqobat, g‘oyaviy qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olayotgan bugungi davrda Vatanimizning ulkan boyligi hisoblangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda o‘z o‘rnini egallashga ko‘maklashish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan o‘rnatilgan hamkorlik axborot texnologiyalari sohasidagi yoshlarning intilishlari, hayotiy va kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda vazirlik tizimida ishlayotgan 30 mingdan ziyod xodimning 70 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Yoshlarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish, ilmiy-ijodiy yutuqlarga ega yoshlardan iborat rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlash borasida turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazida yaratilgan qulayliklar va rezidentlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ularning vazifalari haqida so‘z yuritildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan tashkil etilgan mazkur markaz axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
903






Все о погоде - Pogoda.uz