O‘zA O`zbek

02.05.2018 14:13 Chop etish versiyasi

Yoshlar harbiy qismda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kattaqo‘rg‘on shahar va tuman, Pastdarg‘om tuman kengashlari tashabbusi bilan bir guruh yoshlarning Samarqand shahridagi harbiy qismga sayohati uyushtirildi.

Xotira va qadrlash kuni arafasida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari dastlab “Vatanparvar” mahallasida yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikni ziyorat qildi. Ushbu yodgorlik lavhasida nomi yozilgan ofitser va serjantlar, askarlar jasorati haqida yoshlarga ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng yigit-qizlar harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun yaratilgan sharoit, ularning o‘qish, jismoniy va jangovar tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

– Keyingi paytda Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari, uyushmagan yoshlarning harbiy qismimizga tashrifi an’ana tusini oldi, – deydi harbiy qism yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Elyor Haydarov. – Bu ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamiz haqidagi bilim va tushunchalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
3 972