Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 11:05 Chop etish versiyasi

Yoshlar festivalining yakunlovchi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar festivalining yakunlovchi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar festivalining yakunlovchi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan festival doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va ovullarida xalqimizni yangi maqsad va marralar sari ruhlantiruvchi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Taniqli adiblar, olimlar, san’atkorlar va madaniyat xodimlari ishtirok etgan tadbirlarda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, turli yot g‘oya va illatlardan asrash, ularda vatanparvarlik va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, xalqimiz hayotida, ongu tafakkurida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, yoshlarimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralar hayotiy misollar vositasida sodda tilda tushuntirildi.

16.jpg

– El suygan san’atkorlar, shoir va yozuvchilardan tarkib topgan targ‘ibot guruhlari uch kun davomida o‘quv maskanlarida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari A.Niyetullayev. – Tumanlar va olis ovullarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari katta stadionlarda tashkil etilgan konsert dasturlari bilan yakunlandi. San’atsevar yoshlarimiz taniqli aktyorlar, xonandalar, shoirlar davrasidagi uchrashuvlardan zavq olib, madaniy hordiq chiqardi. Bunday tadbirlar aholi, ayniqsa, yosh avlodni yagona maqsad atrofida birlashtirish, ularda bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Chimboy, Kegeyli, Qanliko‘l, Ellikqal’a tumanlarida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 478






Все о погоде - Pogoda.uz