Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.04.2017 19:03 Chop etish versiyasi

Yosh qutqaruvchilar musobaqasi

Navoiyda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada 10 jamoa ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-iyuldagi “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur musobaqa navqiron avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga oid bilimini boyitish, yoshlarda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va o‘zgalarga yordam berish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga oid bilim va ko‘nikmasini boyitish, yosh avlodda qutqaruvchi kasbiga mehr uyg‘otish maqsadida ta’lim muassasalarida “Yosh qutqaruvchilar” klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Ishtirokchilar sohaga doir bilimi, fuqaro muhofazasi va tez tibbiy yordam ko‘rsatish, daryodan arqon yordamida o‘tish, chodir o‘rnatish va 60 metr masofaga to‘siqlar osha estafetali yugurish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Navoiy shahridagi 1-umumta’lim maktabining “Yosh qutqaruvchi” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Karmana tumanidagi 16-umumta’lim maktabining “Xaloskorlar” jamoasi ikkinchi, Xatirchi tumanidagi 5-umumta’lim maktabining “Lochin” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 682






Все о погоде - Pogoda.uz