O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Yosh kinoijodkorlar faoliyati muhokama qilindi

Yosh kinoijodkorlar faoliyati muhokama qilindi

“O‘zbekino” milliy agentligida “Milliy kino va yosh ijodkorlar” mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda kinoijodkorlar, yozuvchi-shoirlar, kinoshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda milliy kino va yoshlar, zamonaviy o‘zbek kinosida yosh kadrlar muammosi hamda uning yechimi, zamonaviy kinoda rassomlarning roli, o‘zbek kinosida prodyuserlik faoliyati va uning istiqbollari, kinoda ovoz va musiqiy bezak kabi mavzularda so‘z yuritildi.

– Kinoda kadrlar masalasi doim tilga olinadi, – dedi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi Iqbol Meliqo‘ziev. – Yaqin to‘rt yil ichida institutimizdan 52 kinooperator yetishib chiqdi. Bu yomon natija emas. Lekin ularning ko‘pchiligi teleoperatorlik sohasiga o‘tib ketayapti.

Anjumanda kino sohasida malakali, iste’dodli mutaxassislar tayyorlash, bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib olindi.

398
Gulnoza BOBOEVA, Muhammad AMIN (surat), O‘zA