Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 16:07 Chop etish versiyasi

"Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga "Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.Javlonov, Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi rahbari A.Qodirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining o‘rinbosari D.Kattaxonova va boshqalar mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev turli soha vakillari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar hamda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab safarlari chog‘ida farzandlarimizni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalash, ularni turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalash masalasiga jiddiy yondashayotgani xalqimiz, keng jamoatchilik uchun ibrat vazifasini o‘tamoqda. Yurtimizda tobora keng yoyilib borayotgan "O‘z farzandingni o‘zing asra!" degan hayotiy chorlov farzand tarbiyasida ota-ona, mahalla, ta’lim maskanlari, keng jamoatchilikning mas’uliyati, o‘zaro va samarali hamkorligi nechog‘li katta ekanidan darak beradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan Xotin-qizlar qo‘mitasi, vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda mahallalarda yoshlarni ta’lim bilan to‘laqonli qamrab olish, mehnat bandligi, salomatligini asrash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining aholi bilan muloqot qilish madaniyati tahlil etilib, xonadonlardagi ijtimoiy-ma’naviy holat tizimli o‘rganilmoqda.

Barcha mahallalarda "Ota-onalar universiteti" jamoat tuzilmasi faoliyatini davr ruhiga hamohang yo‘lga qo‘yish, yoshlar tarbiyasida ayniqsa, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, oilalar boshliqlarining huquqiy, ma’naviy-axloqiy bilimlarini oshirish, oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

– Mahallamiz hududidagi ikki maktabgacha ta’lim maskani, 302-maktab bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi "Billur" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ahatilla Rahmatov. – Xonadonlarni o‘rganish paytida yoshlarning bandligi, intilishi va qiziqishi, bo‘sh vaqti oqilona tashkil etilishi kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Mavjud dolzarb masalalar mahalliy hokimliklar, tegishli tashkilot va idoralar bilan hamjihatlikda hal etilmoqda.

Konferensiyada navqiron avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ish rejasi belgilab olindi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
935






Все о погоде - Pogoda.uz