Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.04.2018 15:30 Chop etish versiyasi

Yong‘in insonlarga dars berib charchagani yo‘q

Tovada qizib turgan yog‘ qo‘limizga sachrab ketsa yoki qaynoq choydan labimiz kuysa, jonimiz azoblanadi-a? Endi tasavvur qiling, alanga ichida qolib jizg‘anak bo‘lishni, kulga aylanishni? Ha, Dahshat!

Garchi ibtidoiy davrdanoq inson olov bilan muomala qilishni o‘rganib olgan bo‘lsada, uning hayotida bunday dahshatlar hali hanuz sodir bo‘lmoqda. Yaqinda ham Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘lgan yong‘in yetmishdan ziyod insonni hayotdan olib ketdi. Ayanchlisi, qurbonlarning aksari bolalar edi...

Kemerovo fojeasi o‘tar-o‘tmas, dunyoning yana bir burchagida dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi. Venesuelaning Karabobo shtatidagi hibsxonalarning birida sodir bo‘lgan falokatda salkam yetmish kishi qurbon bo‘ldi. Ularning ba’zilari tutundan zaxarlanib o‘lgan bo‘lsa, ayrimlari alangada tiriklayin yonib ketgan.

Afsuski, dunyo tarixida bu kabi fojealar ko‘p bo‘lgan:

1666 yil 2 sentabrda Londonda boshlangan yirik yong‘in to‘rt kun davom etib, ko‘plab insonlar halok bo‘lgan. Shahar markazi kultepaga aylanadi. Ma’muriy binolardan tashqari 13 ming 500 ta xonadon, 87 ta cherkov vayron bo‘ladi. Oqibatda 200 mingdan ziyod kishi boshpanasiz qoladi. Londonni qayta tiklashga yarim asrdan ziyod vaqt ketgan ekan.

1755 yil 1 noyabrda Lissabonda kuchli zilzila bo‘ladi. Tabiiy falokat yirik yong‘inni boshlab beradi. Shahar bir zumda alanga ichida qolib, 40 mingga yaqin lissabonlik fojia qurboniga aylanadi. O‘sha yong‘inda 300 ta saroy, 110 ta cherkov butunlay yonib ketgan.

Sanoat rivoj topib, texnika va texnologiyalar ko‘magida inson imkoniyatlari kengaygan XX asrda esa yirik yong‘inlar soni yana ortib, ularning oqibatlari dahshatli bo‘lgan...

Davomi bor.

Malohat Husanova, O‘zA
2 934