Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 18:17 Chop etish versiyasi

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 86 ming 189 qoidabuzarlik aniqlandi

Yurtimizda qish fasli qutli-barakali boshlandi. Dekabrning ilk kunida yoqqan qor dehqonlarimizni quvontirgan bo‘lsa, haydovchilar va piyodalardan avtomobil yo‘llarida yanada hushyorlik talab etiladi.

Albatta, yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmay amal qilish hayotimiz xavfsizligi asosi ekanini yaxshi bilamiz. Afsuski, ba’zan belgilangan qoidalarni chetlab o‘tamiz.

Misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatidan olingan tezkor ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratamiz.

O‘tgan haftada mamlakatimiz avtomobil yo‘llarida 218 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 220 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu ko‘rsatkich 20-26-noyabr kunlari 198 tani tashkil qilib, jarohatlanganlar soni 194 nafar edi.

Shuningdek, o‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 86 ming 189 qoidabuzarlik aniqlangan. Xususan, 1 ming 900 holatda avtomobilni mast holda boshqarayotgan haydovchilar to‘xtatilgan. 13 ming 183 haydovchi belgilangan tezlik talabini, 1 ming 338 nafari svetofor va chorrahalardan o‘tish, 13 ming haydovchi odam tashish qoidasini buzgan. Barcha holatlarda qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Endi ular belgilangan tartibda jarima to‘lashga majbur.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
684






Все о погоде - Pogoda.uz