O‘zA O`zbek

09.05.2019 16:24 Chop etish versiyasi

Yoʻl harakati tizimidagi oʻzgarishlar yangi kitobda

Yoʻl harakati tizimidagi oʻzgarishlar yangi kitobda

Toshkent viloyati IIB YHXB xodimlari yana bir tashabbusni amalga oshirdi. Gap shundaki, ular yoʻl harakati havfsizligini taʼminlashga doir oxirgi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini oʻzida jamlagan “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlash yuzasidan qabul qilingan normatiq-huquqiy hujjatlar toʻplami”ni chop etdi.

Maʼlumki, oʻtgan yillarda tizimda tub oʻzgarishlar boʻldi. Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 10 aprelda “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va 2017 yil 11 iyulda “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasining bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlari amaliyotga joriy etilmoqda. Bulardan maqsaj davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari oldiga xalq manfaatlarini himoya qilishdek ulkan vazifalar va topshiriqlarni qoʻymoqda.

Ana shu kabi maqsad va vazifalarni bajarishda qonuniylikni taʼminlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, yoʻl harakati ishtirokchilariga oʻz vaqtida va sifatli turli yordamlar koʻrsatish sifatini oshirish va bu borada xodimlarning malakasini yuksaltirish maqsadida tayyorlangan kitob ayni paytda tizimdagi xodimlarga yetkazib berildi. 

Bu kitob yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarining bilmini oshirishda juda muhimdir, shuningdek, fuqarolar ham uni oʻqib, tizimdagi yangiliklar, soʻnggi oʻzgarishlar bilan tanishishi mumkin boʻladi.

OʻzA
4 259