O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

YeXHT ishtirokchi mamlakatlari doimiy vakillari yurtimizga tashrif buyuradi

YeXHT ishtirokchi mamlakatlari doimiy vakillari yurtimizga tashrif buyuradi

Bugun, 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan, 20 ta elchi – YeXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur tashrif dasturida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida va Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Diplomatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining mamlakatimizda OAV erkinligini ta’minlashning dolzarb masalalari va mazkur sohada olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan davra subatida ishtirok etish uchun Samarqand shahrida ham bo‘ladilar.

411
O‘zA