Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.11.2017 09:34 Chop etish versiyasi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga oid

2017-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

Keng qamrovli tashrif dasturiga ko‘ra Hukumat, Oliy Majlis Senati, Markaziy bank va boshqa yetakchi moliya muassasalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda kredit kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.

YETTBning nufuzli delegatsiyasi “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etadi.


2 447






Все о погоде - Pogoda.uz