Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.12.2017 17:46 Chop etish versiyasi

Yangi uylar – tinchlik va farovonlik timsoli

Yangi uylar – tinchlik va farovonlik timsoli Termiz shahrida 210 xonadonga mo‘ljallangan beshta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda zamonaviy va milliy arxitektura talablari asosida barpo etilayotgan turar-joy binolari shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi turmush darajasini yuksaltirish, ayniqsa, yosh va kam ta’minlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

1.jpg

Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Joriy yilda Termiz shahrida ham beshta ko‘p qavatli zamonaviy uy-joy tez va sifatli bunyod etildi. Kelgusi yil 420 xonadonga mo‘ljallangan o‘nta shunday uy qad rostlaydi. Umuman, yaqin yillarda bu yerda 50 ana shunday turar-joy binosi qurilib, “Xavfsiz shaharcha”ga aylantiriladi. Dehqon bozori, avtovokzal va boshqa ijtimoiy soha inshootlari barpo etiladi.

11.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan yangi uylarda yosh va kam ta’minlangan oilalarning farovon hayot kechirishi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Uylar yonida avtotransport vositalari uchun turar-joy, bolalar maydonchalari qurilgan.

Yangi uyga ko‘chib kirganlar orasida haydovchi Shuhrat Abdullayev oilasi ham bor.

5.jpg

– Ushbu uy huquq va burchlarimiz kafolatlangan Asosiy qonunimiz qabul qilinganining 25 yillik bayrami arafasida biz uchun haqiqiy tuhfa bo‘ldi, – deydi Sh.Abdullayev. – Ilgari ikki xonali uyda o‘nga yaqin kishi yashardik. Xotinim ikkimiz xuddi tillo topgandek quvonayapmiz. Bolalarimiz ham juda xursand. Keng, shinam mehmonxona, bolalar xonalari, oshxona va boshqa qo‘shimcha xonalarda barcha qulaylik yaratilgan. Bunday e’tibor uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Har bir xonadonning isitish tizimi, issiq va sovuq suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlangani, xonalarning keng, yorug‘ va shinamligi, ayniqsa, uy bekalariga juda manzur bo‘ldi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
639






Все о погоде - Pogoda.uz