Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.06.2018 15:42 Chop etish versiyasi

Yangi qurilgan uy xonalari 3 metr kvadratga kam ekan. Quruvchilar xatosimi bu yoki...

Yangi qurilgan uy xonalari 3 metr kvadratga kam ekan. Quruvchilar xatosimi bu yoki...
Yaqinda katta orzu-havaslar bilan yangi xonadonga ko‘chib kirgan Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” dahasida yashovchi Davlat Nurillayev uydagi kamchilikni topdi.

“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Ikki nafar farzandim bor. Yaqinda katta orzu-havaslar bilan yangi xonadonga ko‘chib chiqdik. Biz sotib olgan uy Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” dahasida joylashgan. Zamonaviy, barcha qulayliklarga ega ko‘p qavatli turarjoy.

“Afsona inter plast” MCHJ tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilgan bu xonadonda biroz muddat yashaganimdan so‘ng, bir kamchilikni sezib qoldim, ya’ni quruvchilar xatosini. Yer resurslari va ko‘chmas mulk kadastriga murojaat etib, xonalar o‘lchamini aniqlashtirishga to‘g‘ri keldi. Tahminlarimiz to‘g‘ri ekan. Haqiqatan ham, (ataylabdanmi, yoki e’tiborsizlik oqibatida) shartnoma shartlari buzilgan, xonalar o‘lchami 3 metr kvadratga kam. Bu haqda qurilish tashkilotini ogohlantirdim.

Ular dastlab menga 3 700 000 (uch million yettiyuz ming) so‘m pulimni qaytarishga rozi bo‘lishdi. Ammo 2 oy davomida sarson bo‘lib, pulimni ololmadim. Ular har safar turli bahonalar bilan pullarni qaytarmaslikning yo‘llarini o‘ylab topishardi. Bu ish ko‘p vaqtimni oldi, yana asabbuzarliklar. Yaqinlarimning maslahati bilan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat birlashmasiga murojaat qildim. Arizam shahar jamiyati mutasaddilari tomonidan o‘rganildi. Ularning sa’y-harakatlari bilan pullarimni qaytarib oldim. Tashkilotga rahmat!”

Gulchehra Berdiyorova yozib oldi.
1 744