O‘zA O`zbek

17.04.2018 11:27 Chop etish versiyasi

Yangi markaz tuziladi

Yangi markaz tuziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzilmasida 15 ta shtat birligidan iborat Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi tashkil etiladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

Mazkur markaz Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

O‘zA
2 545