O‘zA O`zbek

05.06.2018 08:34 Chop etish versiyasi

Yana bir soha xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi

Yana bir soha xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi
Kadastr idorasi xodimlari uchun ipoteka kreditlari asosida uy-joylar barpo etiladi.

Hukumatning 2018-yil 4-iyundagi qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini jalb etgan holda uy-joylar qurish dasturi tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Dasturga muvofiq 2018-2019-yillarda jami 335 ta uylar qurilib, ularni qurish qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin joylashgan hududlarda 0,06 gektar, arzon turdagi uy-joylar uchun 0,02 gektar hamda ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joylar 0, 04 gektar yer maydonida amalga oshiriladi. 

Qarorga muvofiq “Qishloqqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklariga uy-joylar qurilishi uchun 3 yillik imtiyozli davrini inobatga olgan holda 15 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlari berish tavsiya etildi.

Uy-joylar sotib solish uchun boshlang‘ich badal 0,06 gektar yer maydonidagi uy-joylar va 0,04 gektar yer maydonidagi arzon turdagi ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy-joylar uchun – 25 foiz, 0,02 gektar yer maydonidagi arzon uy-joylar uchun esa 15 foizni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasiga 10 kun muddatda uy-joyga yoki turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xodimlarga uy-joy berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qayta ishlash kompleksi rahbari bilan kelishgan holda tasdiqlash topshirildi.

O‘zA
9 073