Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.01.2018 18:55 Chop etish versiyasi

Xush kelibsiz, afg‘onistonlik do‘stlar!

Xush kelibsiz, afg‘onistonlik do‘stlar! Termiz xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining ilk qaldirg‘ochlari davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Termiz tumanida barpo etilgan ta’lim markazida qo‘shni davlat yoshlarining o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha o‘qib, izlanishi va yetuk mutaxassis bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha zamonaviy sharoit yaratilgan. Auditoriya va labaratoriyalar zamonaviy ta’lim standartlari asosida jihozlangan. Barcha qulayliklarga ega yotoqxona barpo etilgan.


Afg‘onistonlik talaba-yoshlar shu kuni Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qildi. Mintaqamizda yagona¬-Termiz arxeologiya muzeyida bo‘ldi. Shaharning boshqa diqqatga sazovar joylarini tomosha qildi.

- O‘tgan yili kollejni tugatdim,¬-deydi Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori sharif shahridan kelgan Saidg‘ulom Saxiy.- O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yichaoliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, kelgusida o‘z yurtimida bolalarga shu tilni o‘rgatishni maqsad qilib olganman. Bu shahar bizda dastlabki kundanoq katta taassurot o‘yg‘otdi. Ayniqsa, tarixiy obidalar va boy qadimiy merosga ega muzeyni tomosha qilib, O‘zbekiston haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida san’atkorlar tomnidan namoyish etilgan qiziqarli konsert dasturi barchaga bir olam zavq ulashdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
10 710