Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 12:30 Chop etish versiyasi

Xovoslik yosh chegarachilar mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi

Xovos tumanida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chegarachilar” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada jamoalar 12 shart bo‘yicha nazariy va amaliy bilimini sinovdan o‘tkazdi.

– Bunday tadbirlar navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga mas’uliyat tuyg‘usini yuksaltirish, ularni Qurolli Kuchlarimiz safida muddatli harbiy xizmatga ruhan va jismonan tayyorlashda muhim ahamiyatga ega, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati kengashi bo‘lim mudiri E.Ahmedov.

Xovos transport kasb-hunar kollejining “Humo” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Keyingi o‘rinlarga Mirzaobod xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Burgutlar”, Sirdaryo tumanidagi Sindorobod qurilish kasb-hunar kollejining “Qo‘rg‘on” jamoalari sazovor bo‘ldi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
3 015






Все о погоде - Pogoda.uz