Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2018 15:09 Chop etish versiyasi

Xotin-qizlar uchun ajoyib sovg‘a

“Uz-Kor Gaz Chemical” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi o‘z mehnat jamoasidagi xotin-qizlar uchun Toshkent shahriga bayram sayohati uyushtirdi.

Sayohat davomida ular Qatag‘on qurbonlari, O‘zbekiston Respublikasi amaliy san’at muzeylarini tomosha qilib, Xastimom majmuasi, Baroqxon madrasasi va boshqa muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi. Mustaqillik maydoni hamda Amir Temur xiyoboniga sayohat ham ularda katta taassurot qoldirishi tabiiy. Bundan tashqari, ular Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida sahnalashtiriladigan spektaklga, “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning bayram konsertiga tashrif buyuradi.

Qo‘shma korxona xotin-qizlari uchun zamonaviy avtobus, ekskursiya uchun gid, shinam mehmonxonalar va poytaxtimizning eng yaxshi restoranlari yuqori darajada xizmat ko‘rsatadi.

“Uz-Kor Gaz Chemical” qo‘shma korxonasida ayni paytda yetmishdan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ajoyib sayohat oldidan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida xotin-qizlar uchun tadbir va bayram dasturxoni tashkil etildi.

Anvar Nasirlayev, O‘zA
4 129