Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.07.2018 20:50 Chop etish versiyasi

Xayolot olamining jo‘shqin namoyishi

Xayolot olamining jo‘shqin namoyishi
Toshkent Fotosuratlar uyida ijodiy fotosan’at maktab-studiyasi bitiruvchilarining hisobot ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazmada 140 dan ortiq fotoasarlar namoyish qilinmoqda.

Ushbu o‘quv dargoh – maktab-studiya 2006-yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Unda fotografiya san’atidan mustahkam saboq berish yo‘lga qo‘yilgan. Har olti oyda bitiruvchilarning olgan bilimlarini baholash va ommaga namoyish qilish maqsadida ana shunday hisobot ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.

Yigirma to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan mazkur hisobot ko‘rgazma maktab-studiya bitiruvchilarining mahoratli fotograflardan olgan saboqlarining amaliy mahsulidir.

M.Qosimova, O‘zA
2 688