Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:28 Chop etish versiyasi

Xalqaro tinchlik kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Xalqaro tinchlik kuniga bag‘ishlab “Tinchlik – xalq farovonligining garovi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti prorektori Q.Shavazov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti G.Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Yarasheva va boshqalar sayyoramizdagi tinchlik va osoyishtalikning insonlar uchun muhim ahamiyati, tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash kerakligi, tinchlik bo‘lsagina hayot farovon bo‘lishi, yosh avlodni tinchliksevarlik ruhida tarbiyalash zarurligini alohida ta’kidladi.

– Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash barcha fuqarolarning ustuvor vazifalaridan biridir, – deydi institut magistranti Sarvinoz Xolova. – Men bugungi tadbirda o‘zim yozgan "Vatanim" she’rini o‘qib berdim. Unda yurtimizdagi baxtli bolalar, duogo‘y otaxonlar, bilimga chanqoq tengdoshlarimni tasvirlaganman.

Tadbirda Ona Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash, oila, Vatan farovonligi va obodligiga o‘z hissamizni qo‘shib yashash, har birimiz uchun ham qarz, ham farz ekanligi qayd etildi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
1 758






Все о погоде - Pogoda.uz