Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.07.2018 20:39 Chop etish versiyasi

Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zolik qanday imkoniyatlar beradi?

Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zolik qanday imkoniyatlar beradi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Shu munosabat poytaxtimizda o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy siyosatga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilning 6-13 iyul kunlari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida ishchi tashrif bilan bo‘ldi. Uchrashuvda Xalqaro iste’molchilar tashkiloti bosh direktori Amanda Long xonim O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi.

– Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zolik federatsiyaga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida axborot almashish, donor tashkilotlar mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan mintaqaviy loyihalarda ishtirok etish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar, xalqaro miqyosda qabul qilinayotgan hujjatlardan xabardor bo‘lish imkonini beradi, – dedi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.

Davron Sunnatov, O‘zA
1 565